Mebel ustalari va sexlar uchun

Mijoz oldida chizing.
Sexga tayyor hujjat bilan qayting.

Oshxona, shkaf va kupeni 3D'da yig'ing, eshiklarni ochib ko'rsating. Detallar ro'yxati, kromka, LDSP raskroy va smeta o'zi tayyor bo'ladi. PDF yoki Excel qilib sexga yuborasiz.

7 kun bepul · karta kerak emas · telefon va kompyuterda

5 daqiqaoddiy oshxona loyihasi
0 xatodetal o'lchamlari formuladan
1 tugmaPDF, Excel va mijozga havola
Telefondao'rnatmasdan, brauzer yoki Telegram ichida

Chizmadan sexgacha — bitta oynada

Qog'oz, kalkulyator va Excel o'rniga: blokni qo'shasiz, o'lchamni yozasiz, qolganini dastur hisoblaydi.

◧

3D va eshiklar harakati

Petlyali eshiklar ochiladi, tortmalar chiqadi, kupe eshiklari suriladi. Mijoz ichki tuzilmani o'z ko'zi bilan ko'radi.

⇢

Mijozga 3D havola

Bitta havola yuborasiz: mijoz telefonda loyihani aylantirib ko'radi va narxni ko'radi. Hech narsa o'rnatish shart emas.

▤

Detallar va kromka

Har bir yon devor, polka, tag va fasad o'lchami avtomatik. Qaysi tomonga 0.4 yoki 2 mm kromka — chizmada ko'rsatilgan.

▦

LDSP raskroy

Detallar 2750×1830 varaqqa joylanadi, arra qalinligi hisobga olinadi. Nechta varaq kerakligi va foydalanish foizi aniq.

∑

Jonli smeta

O'z narxlaringizni kiriting — material, kromka, petlya, yo'naltirgich va ish haqi. O'lcham o'zgarsa, narx ham darrov yangilanadi.

⎙

PDF va Excel

3D rasm, smeta, detallar ro'yxati va raskroy kartalari — bitta PDF faylda. Excel'ni to'g'ridan-to'g'ri sexga yuborasiz.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Telegram orqali kiring

    Botni oching va «Start» bosing. Parol yo'q, ro'yxatdan o'tish bir soniya.

  2. 2

    Bloklarni yig'ing

    Pastki, yuqori, penal, kiyim va kupe shkaflari tayyor. O'lcham, polka, tortma va eshik sonini o'zgartiring.

  3. 3

    Mijozga ko'rsating va sexga yuboring

    Eshiklarni ochib ko'rsating, narxni kelishing. PDF va raskroy kartasini sexga jo'nating.

Oddiy narx, yashirin to'lovsiz

Click yoki Payme orqali to'lanadi. Istalgan vaqtda bekor qilasiz.

Sinov

0 so'm

7 kun

  • Barcha imkoniyatlar
  • 3 tagacha loyiha
  • PDF suv belgisi bilan
Boshlash
Ommabop

Usta

149 000 so'm

oyiga

  • Cheksiz loyihalar
  • Mijozga 3D havola
  • PDF va Excel, suv belgisiz
  • O'z narxlaringiz bilan smeta
Tanlash

Sex

390 000 so'm

oyiga

  • Usta tarifidagi hammasi
  • 5 tagacha xodim
  • Umumiy material bazasi
  • Ustuvor yordam
Tanlash

Ko'p beriladigan savollar

Kompyuter kerakmi?

Yo'q. Dastur telefon brauzerida va Telegram ichida ishlaydi. Katta loyihalar uchun kompyuterda ishlash qulayroq.

Loyihalarim qayerda saqlanadi?

Hisobingizga bog'langan holda saqlanadi — telefondan boshlab, kompyuterda davom ettirasiz.

Material narxlarini o'zim kirita olamanmi?

Ha. Har bir LDSP, MDF, HDF varaq narxi, kromka metri va furnitura narxini o'zingiz yozasiz — smeta shunga qarab hisoblanadi.

Raskroyni stanokka berish mumkinmi?

Raskroy kartasi PDF'da o'lchamlari bilan chiqadi, detallar ro'yxati esa Excel'da — formatlash stanogidagi operatorga yetarli.

Mijoz havolani ochsa nima ko'radi?

Faqat 3D ko'rinish, eshiklarni ochib-yopish va umumiy narx. Tahrirlash va sizning tannarxlaringiz ko'rinmaydi.

Birinchi loyihangizni bugun chizing

Botni oching — 7 kun hamma imkoniyat bepul.

Telegram orqali boshlash