3D va eshiklar harakati
Petlyali eshiklar ochiladi, tortmalar chiqadi, kupe eshiklari suriladi. Mijoz ichki tuzilmani o'z ko'zi bilan ko'radi.
Mebel ustalari va sexlar uchun
Oshxona, shkaf va kupeni 3D'da yig'ing, eshiklarni ochib ko'rsating. Detallar ro'yxati, kromka, LDSP raskroy va smeta o'zi tayyor bo'ladi. PDF yoki Excel qilib sexga yuborasiz.
7 kun bepul · karta kerak emas · telefon va kompyuterda
Qog'oz, kalkulyator va Excel o'rniga: blokni qo'shasiz, o'lchamni yozasiz, qolganini dastur hisoblaydi.
Petlyali eshiklar ochiladi, tortmalar chiqadi, kupe eshiklari suriladi. Mijoz ichki tuzilmani o'z ko'zi bilan ko'radi.
Bitta havola yuborasiz: mijoz telefonda loyihani aylantirib ko'radi va narxni ko'radi. Hech narsa o'rnatish shart emas.
Har bir yon devor, polka, tag va fasad o'lchami avtomatik. Qaysi tomonga 0.4 yoki 2 mm kromka — chizmada ko'rsatilgan.
Detallar 2750×1830 varaqqa joylanadi, arra qalinligi hisobga olinadi. Nechta varaq kerakligi va foydalanish foizi aniq.
O'z narxlaringizni kiriting — material, kromka, petlya, yo'naltirgich va ish haqi. O'lcham o'zgarsa, narx ham darrov yangilanadi.
3D rasm, smeta, detallar ro'yxati va raskroy kartalari — bitta PDF faylda. Excel'ni to'g'ridan-to'g'ri sexga yuborasiz.
Botni oching va «Start» bosing. Parol yo'q, ro'yxatdan o'tish bir soniya.
Pastki, yuqori, penal, kiyim va kupe shkaflari tayyor. O'lcham, polka, tortma va eshik sonini o'zgartiring.
Eshiklarni ochib ko'rsating, narxni kelishing. PDF va raskroy kartasini sexga jo'nating.
Click yoki Payme orqali to'lanadi. Istalgan vaqtda bekor qilasiz.
Yo'q. Dastur telefon brauzerida va Telegram ichida ishlaydi. Katta loyihalar uchun kompyuterda ishlash qulayroq.
Hisobingizga bog'langan holda saqlanadi — telefondan boshlab, kompyuterda davom ettirasiz.
Ha. Har bir LDSP, MDF, HDF varaq narxi, kromka metri va furnitura narxini o'zingiz yozasiz — smeta shunga qarab hisoblanadi.
Raskroy kartasi PDF'da o'lchamlari bilan chiqadi, detallar ro'yxati esa Excel'da — formatlash stanogidagi operatorga yetarli.
Faqat 3D ko'rinish, eshiklarni ochib-yopish va umumiy narx. Tahrirlash va sizning tannarxlaringiz ko'rinmaydi.
Botni oching — 7 kun hamma imkoniyat bepul.
Telegram orqali boshlash